Jizzaxda "Xalqaro armiya o‘yinlari – 2021" musobaqalariga start berildi

Jizzaxda "Xalqaro armiya o‘yinlari – 2021" musobaqalariga start berildi

Jizzax viloyati Forish harbiy tog‘ poligonida 22 avgust kuni "ArMI–2021" harbiy o‘yinlari doirasida "Harbiy tibbiy estafeta" va "Dala oshxonasi" tanlovlariga start berildi. Bu haqda O‘zbeksiton Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, "Harbiy tibbiy estafeta" musobaqasida 8 davlat qatnashadi. Bular O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Vyetnam, Myanma, Falastin, Tojikiston jamoalaridir. Shuningdek, "Dala oshxonasi" musobaqasida 5 davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Vyetnam, Belarus, Tojikiston vakillari ishtirok etadi.
Musobaqalar 22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadi.
Ushbu musobaqalarda o‘tgan yilgi o‘yinlarga 5 ta mamlakat mezbonlik qilib, 30 dan oshiq davlat ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil "ArMI–2021" Xalqaro armiya o‘yinlarida dunyoning 43 davlatidan 295 jamoa ishtirok etyapdi.
O‘yinlar esa 11 davlat hududida o‘tkazilmoqda.
Bundan avvalgi musobaqalarda O‘zbekiston harbiylari uchinchi o‘rinni egallagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!