Jizzaxda "uchastkovoy" ayolga kuch ishlatgani aytilgan holatga rasmiy izoh berildi

Jizzaxda "uchastkovoy" ayolga kuch ishlatgani aytilgan holatga rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Forish tumanida yuzaga kelgan janjal hamda ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlari bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, 5 avgust kuni soat 21:30 larda Forish tumani «Oqtepa» MFYdagi restoran ishchilari mast holdagi bir guruh shaxslar buyurtma qilingan taomlar uchun haq to‘lamasdan, tartibbuzarlik sodir etayotgani va janjallashayotgani haqida IIBga xabar bergan.

Chaqiruv asosida voqea joyiga profilaktika inspektorlari va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari yetib borgan. Ular tomonidan jamoat tartibini saqlash choralari ko‘rilgan.

Biroq tartibbuzarlardan biri — muqaddam sudlangan ayol — xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, janjalni davom ettirgan. Shu sababli u belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni vaqtincha saqlash va reabilitasiya qilish punktiga («Xushyorxona») joylashtirilgan.

Rasmiy munosabatda qayd etilishicha, tibbiy ko‘rik davomida ushbu fuqaroning tanasida hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

Keyinchalik uning qizlari «Xushyorxona»ga kelib, jamoat tartibini buzgan holda xodimlarni haqorat qilgan va ularga tan jarohati yetkazishga uringan.

Yuzaga kelgan vaziyat xodimlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etilgan. Bunda fuqarolarga nisbatan qo‘l kishani, rezina tayoq yoki elektroshoker kabi maxsus vositalar qo‘llanilmagan.

Ayni paytda holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита