Jizzaxda sel oqizib ketgan 20 yoshli qiz qutqarildi

Jizzaxda sel oqizib ketgan 20 yoshli qiz qutqarildi

Zomin tumanida FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan "Pishog‘ar" QFY Qong‘li qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli fuqaro E.N.ni qutqarib oldi. Uning ahvoli yaxshi, tan jarohati olmadi.

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

4 may kuni Zomin tumanining "Pishog‘ar", "Achchi" va "Sho‘rcha" qishloqlaridan o‘tgan soylardan sel suvlarini oqishi kuzatilgan.

Sel suvlari Jizzax–Zomin avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan ushbu yo‘lning 25, 26, 27-km ustidan toshib, yana soy o‘zani bo‘ylab oqib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (1 )

    S
    👍👍👍