Jizzaxda opa-singillar firibgarning tuzog‘iga ilindi

Jizzaxda opa-singillar firibgarning tuzog‘iga ilindi

Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan G.R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgarning tuzog‘iga tushib qolganligini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oybek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan J.M. 2020 yilning 6 may kuni G.R. hamda uning Paxtakor tumani Samarqand qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi opasi SH.R.ni Qozog‘istondagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 6 million 630 ming so‘m pulini olgan.

Qisqasi, opa-singillarga 2020 yilda oliy o‘quv yurtiga kirish nasib etmadi. Bu ham yetmaganidek firibgardan pullarini qaytarib olishning iloji topilmagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!