Jizzaxda koloniyada jazo muddatini o‘tab turib o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan mahkumga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda koloniyada jazo muddatini o‘tab turib o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan mahkumga nisbatan sud hukmi o‘qildi

S.Bavanov muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining 2020 yil 13 martdagi hukmiga ko‘ra qilgan o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlanib, O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED 3-mintaqaviy xudud 29-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan Jizzax shahar hududida joylashgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “KOMFORT” xususiy korxonasida shartnoma asosida ishlab, 2022 yil 5 may kuniga o‘tar kechasi soat 00-20larda korxona hududida chiroq o‘chganligidan foydalanib, korxona ish boshqaruvchisi N.Davlatovning xonasiga g‘ayriqonuniy ravishda eshik orqali kirib, xona ichida bo‘lgan oq rangli temir seyfni kalit yordamida ochib, seyf ichida bo‘lgan korxona ishchilariga ish xaqqi sifatida tarqatilishi lozim bo‘lgan 17.300.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hamda bir dona qora rangli narxi 50.000 so‘m bo‘lgan 32 GB xotirali “fleshka”ni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Sud majlisida S.Bavanov aybiga qisman iqrorlik bildirib ko‘rsatuv bergan bo‘lsa-da, uning aybi jabrlanuvchi N.Davlatov, guvohlarning dastlabki tergov va sudda bergan ko‘rsatuvlari, jinoyat ishidagi jabrlanuvchining arizasi, tushuntirish xatlari, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, narsani ko‘zdan kechirish va ashyoviy dalilni olish bayonnomalari hamda ishda to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud tomonidan S.Bavanovga O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan JKning 60-moddasi tartibida 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JK 34-moddasi 3-qismining “b” bandiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topildi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, S.Bavanovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Nizomiddin Ernazarov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!