Jizzaxda «Jiguli» urib ketishi oqibatida 3 yoshli qiz halok bo‘ldi

Jizzaxda «Jiguli» urib ketishi oqibatida 3 yoshli qiz halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida «Jiguli» 3 yoshli qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, voqea G‘allaorol tumanida 19 oktyabr kuni soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan. Jizzax shahri «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi «VAZ-2106» mashinasida Jizzax–G‘allaorol yo‘nalishida ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda 2018 yilda tug‘ilgan qiz tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa sabablari o‘rganilganda qizning ota-onasi qo‘shnisinikida to‘yda bo‘lgani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!