Jizzaxda it bolasini tiriklay kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi

Jizzaxda it bolasini tiriklay kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida “Jizzaxdagi zavodda hayvonlar tiriklayin kuydirilmoqda...mi?”, “Bir hayvon ikkinchi hayvonni o‘tda kuydirmoqda”sarlavhalarida Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on QFYda joylashgan “Xuaxin” sement zavodi ishchisi kiyimidagi shaxsning kuchuk bolasini kuydirayotgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.
Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu xabar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur holatni sodir etgan shaxs Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, “Xuaxin” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan Man Mingning hayvonlarga shavqatsiz munosabatda bo‘lganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) ko‘rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!