Jizzaxda "issiq-sovuq" qiluvchi domlaning ro‘yxatida hokimlik va deputatlikka davogar shaxslarning borligi aniqlandi

Jizzaxda "issiq-sovuq" qiluvchi domlaning ro‘yxatida hokimlik va deputatlikka davogar shaxslarning borligi aniqlandi

Jizzaxda "issiq-sovuq" qiluvchi domlaning ro‘yxatida hokimlik va deputatlikka davogar shaxslarning borligi aniqlandi.

Soxta domlaning shogirdlari orasida Forish tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi ham bor. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Jizzax shahrining Sayilgoh ko‘chasida yashovchi shaxs xonadonida norasmiy diniy faoliyat ko‘rsatib, go‘yoki, fuqarolarning ishlarini yaxshilash uchun sehr-jodu bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, ushbu shaxsning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, 12 kishi mijoz sifatida uning yoniga kelib, navbat kutayotgani Mazkur shaxs vakolati bo‘lmasa-da, fuqarolarga muntazam diniy saboq berib kelgan.

Bundan tashqari, fuqaroning xonadonidan diniy mazmundagi 5 ta kitob, 1 ta ot qamchisi, 9 dona osh pichog‘i, 1 dona polietilen paket ichidagi buyumlar va 110 ming so‘m pul rasmiylashtirib olingan.

Tekshiruv davomida fuqarolarning ism-sharifi yozilgan 5 ta daftar topilgan. Daftarlarda 100 dan ortiq kishilarning fotosurati hamda so‘ragan niyatlari qayd etib borilgan. Ushbu daftar ko‘zdan kechirilganda, “issiq-sovuq” qilish uchun olingan buyurtmalar orasida, hatto, hokimlik va deputatlikka davo qilmoqchi bo‘lgan shaxslarning ham borligi aniqlandi.

Javobgar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 2-qismi hamda 241-moddasi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaroga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil yetgan ona-bola aniqlangani hamda Zangiotada noqonuniy hujra topilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Chinozda “Jihodchilar”ning 10 nafari ushlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!