Jizzaxda ichkilik sabab kelib chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlandi

Jizzaxda ichkilik sabab kelib chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlandi

Jizzax viloyati Forish tumanida mast erkak tanishi bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Forish tumani Mustaqillik mahallasida 15 fevral kuni soat 09:40 atrofida Kattasoy qishlog‘ida joylashgan 74 maktabning yonidan jasad topilgan. 

Tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, marhum 14 fevral kuni kechki vaqtda hamqishlog‘ining uyiga mehmon bo‘lib boradi. Mehmondorchilikda bo‘lgan 3 kishi o‘rtasida ichkilik avj olib, janjal kelib chiqqan. 

Mehmonlardan biri boshqa biriga nega singlim va qizimni xaqorat qilasan, deya boshiga aroq shishasi bilan jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng ikki mehmon uyiga ketayotib yo‘lda yana janjallashadi. 

Erkaklardan biri bosh qismi va tananing boshqa sohalariga yetkazilgan jarohat sabab yerga yiqiladi. Tanishini uyiga olib borishga kuchi yetmay, joyida qoldirib ketadi. Natijada og‘ir jarohatlari sabab fuqaro voqea joyida vafot etadi.

Tergov harakatlari davomida marhum 38 yoshli vaqtincha ishsiz erkak ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!