Jizzaxda ichki ishlar xodimi ish vaqtida vafot etdi

Jizzaxda ichki ishlar xodimi ish vaqtida vafot etdi

Jizzaxda ichki ishlar xodimi «Paxta-2022» nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan vaqtda jarlikka qulab vafot etdi.

Jizzax viloyatida ichki ishlar xodimi tungi xizmatga ketayotgan vaqtda YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Aytilishicha, 2 oktyabr kuni kech soat 24:00 da Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Mustaqillik» mahallasi profilaktika inspektori leytenant X.Shukurullayev boshqaruvidagi «VAZ 2106» avtomashinaning «Jizzax—Gagarin» 4R-38 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida o‘ng tomoni shinalari texnik shikastlanishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada qatnov qismining o‘ng tomonidagi dala maydoni chetiga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida leytenant X.Shukurullayev voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Aniqlanishicha, shu kuni X.Shukurullayev hushyor holatda, xizmat kiyimida bo‘lgan. U viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishiga asosan, «Paxta-2022» tadbirlari munosabati bilan Zarbdor tumani, «Yangikent» mahallasida tashkil etilgan nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo‘lgan.

32 yoshli X.Shukurullayev ichki ishlar organlarida 2020 yildan, egallab turgan lavozimida 2022 yilning yanvar oyidan buyon xizmat qilib kelgan, harakatdagi intizomiy jazosi bo‘lmagan.

Holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda, tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!