Jizzaxda homilador o‘qituvchi ayol kaltaklandi

Jizzaxda homilador o‘qituvchi ayol kaltaklandi

Jizzaxda "zamdirektor" ayol hamkasbi tomonidan kaltaklandi, deya Uznews.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 13 noyabr kuni Zomin tumani XTBga qarashli 5-sonli maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Y. kadrlar bo‘yicha menejer J.B. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Erkak esa ayolga musht tushirgan.

Voqeadan so‘ng, direktor o‘rinbosari shifoxonaning ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan, ammo 5 kundan keyin uning 10 haftalik homilasi tushib qolgan.

Hozirda holat bo‘yicha IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!