Jizzaxda fuqaroning mulkini o‘zlashtirgan oilaviy korxona rahbari ushlandi

Jizzaxda fuqaroning mulkini o‘zlashtirgan oilaviy korxona rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.P.” oilaviy korxonasi rahbari F.N. elektron savdo platformasi orqali savdoga qo‘yilgan fuqaro X.ning noturar joy binosini 330 mln so‘mga sotib olishga kelishib, ushbu binoni tijorat bankidan olinadigan kredit uchun garovga qo‘yib, kredit mablag‘i ajratilgach pulini berishga fuqaroni ishontirib, bank muassasasidan ajratilgan 500 mln so‘m kreditni naqdlashtirib olib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!