Jizzaxda yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Jizzaxda yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro K.S.ning Jizzax viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fuqaro I.M. Baxmal tumani "Vadigan" mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan umumiy 15 gektar bo‘sh yer maydonini 160 mln. so‘mga sotishga kelishib, kelgusida mansabdor tanishlari orqali yer maydoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 15 mln. so‘mini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!