Jizzaxda davriy nashrlar obunasi uchun o‘tkazilgan pul talon-toroj qilindi

Jizzaxda davriy nashrlar obunasi uchun o‘tkazilgan pul talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “J” MCHJ rahbari jamiyat hisob-raqamiga davriy nashrlarga obuna bo‘lish uchun o‘tkazilgan 622,9 mln so‘mni tahririyatlarga o‘tkazmasdan, rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi, Jizzax viloyatida esa “G.M.”, “E.E.” va “S.S.” MCHJ rahbarlari 2021 yilda davriy nashrlarga obuna bo‘lish uchun kelib tushagan 501,6 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!