Jizzaxda bir musht bir erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jizzaxda bir musht bir erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi choyxonada 24 iyul kuni mast holda bo‘lgan ikki kishining janjali o‘lim bilan yakunlandi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 da Do‘stlik tumani Alisher Navoiy MFYda joylashgan choyxonada ikki erkak o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Oqibatda Arnasoy tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaro mast holatda «Navro‘z» mahallasida istiqomat qiluvchi erkakning yuziga bir marta urib, voqea joyidan yashiringan.

Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan. Marhumning o‘limiga bosh miya jarohati, bosh miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan.

Voqea joyidan yashiringan gumonlanuvchi IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyati hududida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Tegov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 2019 yilda transport vositasini olib qochgani uchun sud hukmi bilan 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilib, 2022 yilning mayida jazo turi «axloq tuzatish» jazosiga aylantirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!