Jizaxda YTHda 6 yoshli bola vafot etdi

Jizaxda YTHda 6 yoshli bola vafot etdi

Joriy yilning 30 may kuni soat 19:30 larda, Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Ravalliq MFY, Gulshan ko‘chasida, haydovchi 1959 y.t. T.N. (erkak) “Gaz-69” rusumli transport vositasida stol-stullarni, shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan tanishi, 2005 y.t. S.E. (o‘g‘il bola) avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgazib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014 y.t. B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, voyaga yetmagan 6 yoshli B.X. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan SH.Rashidov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!