Jirinovskiy: "Kavkazdan so‘ng Markaziy Osiyo o‘t ichida qoladi"

Jirinovskiy: "Kavkazdan so‘ng Markaziy Osiyo o‘t ichida qoladi"

Tog‘li Qorabog‘dagi Abxaziya va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroga doir vaziyat Rossiya chegaralaridagi muammolarga aylanib ketishi mumkin, deya bayonot berdi Liberal-demokratik partiya rahbari Vladimir Jirinovskiy RF Davlat Dumasidagi chiqishi vaqtida, deb xabar bermoqda "sputniknews-uz.com".

LDPR yetakchisining qayd etishicha, Kavkazdagi mojarolar SSSRning siyosiy xatolari, mintaqalarga mustaqillik berish va’dasining buzilganligi natijasidir.

"Natijada barcha milliy chegaralari (Rossiya chegaralari - tahr.)da to‘palon yuzaga keldi. Hali shoshmay turing, O‘rta Osiyo olov ichida qoladi! Hozir gullari bo‘lsa, u yerda hosilini ko‘ramiz", - degan kuchli his-tuyg‘uda siyosatchi.

Shuningdek, deputat Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bilan geosiyosiy yaqinligiga o‘z e’tiborini qaratgan.

Jirinovskiyning aytishicha, o‘nglanmas vaziyat shunga olib kelishi mumkinki, Rossiya janubiy sarhadlari qochoqlar oqimi va qurollangan uyushmalar hujumlari xavfi ostida qolishi mumkin.

Shuningdek, siyosatchi Turkiyaning mintaqaviy siyosatda faolligiga ham e’tibor qaratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!