Jinsiy yaqinlikda bajariladigan 4 amal

Jinsiy yaqinlikda bajariladigan 4 amal
  1. Ushbu duoni o‘qish:

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar birortangiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda etgan paytida:

“Bismillahi. Allohumma! Jannibnash shaytona va jannibish shaytona maa rozaqtana”

(Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin) desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

  1. Iffatni saqlash, farishtalardan hayo qilish.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga qo‘shilgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydiganlar bo‘ladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

  1. Ayol kishining orqasiga yaqinlik qilmaslik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ayolining orqasiga yaqinlik qilsa, mal’undir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Erkak yoki ayol kishining orqasiga yaqinlik qilgan kishiga Alloh nazar qilmas”, dedilar (ImomTermiziy rivoyati).

  1. Ayoli bilan qilgan jinsiy yaqinligi haqida odamlarga so‘zlamaslik.

Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir”, dedilar (Imom Muslim, Imom Ahmad rivoyati).

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!