Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganiladi

Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganiladi

Hukumat qarori (565-son, 10.09.2021 y.) bilan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko‘ra, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:

➖ sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab 3 kun ichida;
➖ jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida o‘tkaziladi.

✅ Muhokama qilinadigan jinoyatlar taqsimoti quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi;

👉 uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar – tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

📌 Qaror bilan jinoyatlarning xususiyatiga qarab muhokamada mahalla, bandlik, sog‘liqni saqlash, ichik ishlar, yoshlar ishlari, milliy gvardiya organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.

✅ Muhokama jarayonida:

▪️ sodir etilgan jinoyat holati bo‘yicha – jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▪️ jinoyat sodir etgan shaxs bo‘yicha – sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs (ozodlikdan mahkum qilishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno) hamda uning ota-onasi, ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki boshqa yaqin qarindoshlarining ishtiroki ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!