Jinlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishi

Jinlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishi

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu bilan Makka tomon yo‘l oldilar.

Yo‘lda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tongda namoz o‘qiyotganlaridagi qiroatlarini eshitgan bir guruh jinlar u zotga iymon keltirdilar va o‘z qavmlarini Islomga da’vat qilish uchun shoshilib ketdilar. Bu haqda Alloh taolo Ahqof va Jin suralarida xabar bergan.

Mazkur hodisaning og‘ir paytda yuz berishi alohida hikmatga ega bo‘lib, odamlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni inkor qilib turganlarida jinlarning o‘zlaridan-o‘zlari iymon keltirishlari katta gap edi.

Ikkovlari Makkaga yaqinlashganlarida Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli, ularning oldiga qanday kirasiz? Axir ular sizni chiqardilar-ku?!» dedi.

«Ey Zayd! Alloh sen ko‘rib turgan narsaga albatta kushoyish berur. Alloh O‘z diniga albatta nusrat berur. O‘z nabiysini g‘olib qilur», dedilar u zot.

«Islom tarixi» birinchi kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!