Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi

Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi

“Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 16.05.2022 y.) qabul qilindi

✅ Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.

❗️2022 yil 1 sentyabrdan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida (https://lex.uz/docs/97664#200590) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

📁Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 noyabrgacha jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

☑️ 2022 yil 1 iyuldan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.

➡️ 2022 yil 1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanadi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarning gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan bo‘lishi hamda Reestrning yuritilishi tibbiy faoliyatni lisenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.

💰2022 yil 1 iyuldan har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratiladi.

🔘 Qarorga ko‘ra, 2022–2023 yillarda epidemiologik ko‘rsatmaga muvofiq, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi 119 016 nafar xodimning (shundan 2022 yilda 47 605 nafari) gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanishi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!