Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Taniqli aktyor Jerar Depardye tez orada O‘zbekistonning Fransiyadagi turistik elchisi sifatida faoliyat boshlaydi.

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

«Turizm sohasida kinosanoatga bo‘lgan e’tibor yuqori darajaga ko‘tarilib bormoqda. Hozirgi kunda eng muhim yangiliklardan biri – mashhur fransiyalik Jerar Depardye janoblarining O‘zbekistonga kelganligidir.

Aktyor o‘zbek turizmida amalga oshirilayotgan islohotlarni eshitib, o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish niyatida tashrif buyurganini aytdi», – dedi Abduhakimov dushanba kuni matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, ayni kunlarda Samarqandda O‘zbekistonning bor jozibasini butun Yevropaga ko‘rsatish maqsadida 52 daqiqalik telefilmni suratga olish jarayoni ketmoqda.

«Shuni alohida ta’kidlash kerakki, suhbat jarayonida Jerar Depardye O‘zbekistonni Yevropada targ‘ib qilish vazifasini o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib Jerar Depardye janoblarini Fransiyada O‘zbekistonning turizm elchisi sifatida tayinladik.

Tantanali marosim yaqin kunlarda o‘tkaziladi. Ushbu tayinlov bizga yangi imkoniyatlarni ochib berishi shubhasiz», – deb ma’lum qildi Aziz Abduhakimov.

13-15 noyabr kunlari Toshkentda «Ipak yo‘lida turizm» XXV xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «Milliy PR markazi» DUK ko‘magida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!