Jerar DepardYE: O‘zbekiston hukumatining milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y -harakatlari tahsinga loyiq

Jerar DepardYE: O‘zbekiston hukumatining milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y -harakatlari tahsinga loyiq

Prezident tashabbusi bilan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida 1 oktyabr kuni taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda aktyor o‘zining bolalik davri haqida so‘zlab berdi, filmlarni suratga olish vaqtidagi hikoyalar va kino sohasining kelajagi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

«Balki menda o‘zbek qoni bordir, chunki men O‘zbekiston tarixiga juda qiziqaman. Shuning uchun men O‘zbekistonda film suratga olishga qaror qildim" -dedi aktyor. Ta’kidlash joizki, Jerar Depardye O‘zbekiston madaniyati elchisi hisoblanadi.

Mashhur aktyor O‘zbekistonga avval ham kelganini aytib o‘tdi va o‘zining iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, xalqaro kinofestivalga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.

"O‘zbekiston hukumatining milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq. Ko‘rib turibmizki, o‘zbek kinematografiyasining kelajagi sifatida yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Depardye.

Eslatib o‘tamiz, kinofestival 3 oktyabrga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!