Jek Ma Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Jek Ma Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Internet-savdo bo‘yicha dunyo yetakchisi bo‘lmish Alibaba asoschisi 56 yoshli Jek Ma 2020 yilda Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda Hurun (Forbes’ning Xitodagi analogi) nashri veb-saytida e’lon qilingan hisobotda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, reyting tuzuvchilar Jek Maning boyligini 58,8 milliard dollarga baholashgan.

Ikkinchi o‘rinni boyligi 57,4 milliard dollarni tashkil etgan Tencent telekommunikasion kompaniyasi direktorlar kengashining 49 yoshli raisi Ma Xuaten zabt etgan.

Nongfu brendi ostida ichimlik suvi ishlab chiqaruvchisi 66 yoshli Chjan Shanshan esa 53,7 milliard dollar boyligi bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

«Bu yil Hurun nashrining 22 yillik tarixi davomida Xitoyning eng boy odamlari reytingida eng katta boylik o‘sishi qayd etildi. Fond bozoridagi keskin o‘sish va qimmatli qog‘ozlarning ko‘payishi natijasida so‘nggi bir yil ichida Xitoyda har hafta beshta yangi dollarli milliarder paydo bo‘ldi. Dunyo avval bir yil ichida bunday boylik yaratilishini ko‘rmagan», deydi ushbu tadqiqotlar asoschisi Rupert Xoogeverf.

Ta’kidlanishicha, bu yil xitoylik milliarderlar ro‘yxati 257 kishiga ortgan va hozirda Hurun ma’lumotlariga ko‘ra, 878 kishini tashkil etadi.

Ularning qariyb yarmi Pekin, Shenchjen, Shanxay, Xanchjou, Guanchjou va Suchjou shaharlarida istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!