JCH-2030 Ukrainada ham o‘tkazilishi mumkin

JCH-2030 Ukrainada ham o‘tkazilishi mumkin

Ukraina 2030 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza taqdim etadi, deb yozadi “TASS” The Times nashriga tayanib.

Manbaga ko‘ra, Ukraina, Ispaniya va Portugaliya qo‘shma ariza beradi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Ispaniya va Portugaliya futbol federasiyalari rahbarlari UYEFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida rasman ma’lum qilishlari kerak. Shu bilan birga, Ukraina guruh bosqichining bir nechta o‘yinlarini o‘tkazishi mumkinligi kutilmoqda.

Shuningdek, Argentina, Urugvay, Paragvay va Chili, shuningdek, Misr, Gresiya va Saudiya Arabistoni ham JCH-2030 mezbonligi huquqiga da’vogarlik qilmoqda.

Ukraina Polsha bilan birgalikda 2012 yilda Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘shanda Ispaniya terma jamoasi turnir g‘olibiga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!