JCH-2026 o‘yinlari o‘tkaziladigan 16ta shahar e’lon qilindi

JCH-2026 o‘yinlari o‘tkaziladigan 16ta shahar e’lon qilindi

AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 o‘yinlari o‘tkaziladigan 16ta shahar ma’lum bo‘ldi.

AQShda o‘yinlar Atlanta, Boston, Dallas, Hyuston, Kanzas Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko va Siyetlda bo‘lib o‘tadi.

Meksikaning Gvadalaxara, Mexiko va Monterrey, Kanadaning esa Toronto va Vankuver shaharlari mundialni qabul qiladi.

JCH-2026 o‘yinlari o‘tkaziladigan 16ta shahar e’lon qilindi

Bu yangi reglament bo‘yicha 48ta jamoa ishtirokidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi. Har bir shahar 3ta jamoadan iborat guruhga mezbonlik qiladi. Shunday qilib, final bosqichida har birida 3tadan o‘rin olgan 16ta guruh bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!