JCH-2022! Chorak final. Argentina Niderlandiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

JCH-2022! Chorak final. Argentina Niderlandiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Hozirgina JCH-2022 turini chorak finalining yana bir o‘yini yakunlandi. Unda Argentina Niderlandiyani mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, dastlab Messining jamoadoshlari 2-0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Keyin esa gollandlar iroda ko‘rsatib, o‘yinning asosiy daqiqasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qo‘shimcha daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa Argentinaning qo‘li baland keldi.

Endi Argentina yarim finalda bugun Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Xorvatiyaga qarshi o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!