JCH-2022: Chempionat tarixida o‘yinni ilk marta ayol hakam boshqarib boradi

JCH-2022: Chempionat tarixida o‘yinni ilk marta ayol hakam boshqarib boradi

Futbol bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan jahon chempionati bahslari tarixida ertaga yangi sahifa ochilishi haqida xabar berildi. Bu - chempionatda ilk bor ayol kishining bosh hakamlik qilishidir.

Yashil maydonda hakamlik qiladigan bu futbol mutaxassisi fransiyalik Stefani Frappardir. U 1 dekabr kuni soat 23:59 da Qatarda davom etayotgan chempionatning "E" guruhidagi Kosta-Rika va Germaniya terma jamoalari o‘yinida ishlaydi.

Uchrashuvda chiziqlarda harakat qiladigan hakamlar ham ayollar bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!