Jazoirda uch kunlik motam e’lon qilindi

Jazoirda uch kunlik motam e’lon qilindi

Jazoir hukumati mamlakat sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflikaning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi.

"Prezident Abdulmajid Tebbun shanba kunidan boshlab butun mamlakat hududidagi bayroqlar tushirilishi to‘g‘risida farmoyish berdi", - deyiladi xabarda.

Buteflika Jazoirni 1999 yildan 2019 yilgacha – 20 yil davomida boshqargandi.

U 26 yoshida Jazoir tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab, dunyodagi eng yosh tashqi ishlar vaziri bo‘lgan.

Buteflika fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashining qahramonlaridan biri hisoblanadi.

U 2019 yil aprelda prezidentlik vakolatlaridan voz kechgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!