Japarov Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozisiyasini bildirdi

Japarov Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozisiyasini bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) davlat rahbarlari sammitida mamlakatning Afg‘onistondagi vaziyatga oid pozisiyasini ma’lum qildi.
Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Japarov mintaqada teokratik davlat tuzilishi shubhasiz tashkilotga a’zo mamlakatlardagi hozirgi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shu bilan birga u qirg‘iz tomoni Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va uning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanini urg‘uladi.
Japarov Afg‘onistonning yangi hukumati vakillari bilan mamlakatdagi vaziyat tezroq barqarorlanishi uchun turli masalalar yuzasidan mumkin bo‘lgan hamkorlik variantlari borasida muloqot olish borish zarurligini qayd etdi.
“Biz Afg‘onistondagi vaziyatni iloji boricha tezroq barqarorlashishiga va mamlakat xalqiga ma’qul keladigan yangi inklyuziv davlat tuzilmasi tuzilishiga umid qilamiz”, - dedi Japarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!