Japarov Markaziy Osiyoda xavfsizlik belbog‘ini yaratishni taklif qildi

Japarov Markaziy Osiyoda xavfsizlik belbog‘ini yaratishni taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda xavfsizlik belbog‘ini yaratishni taklif qildi. Davlat rahbari o‘z chiqishi bu tashabbusni Dushanbeda Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammitida aytdi.
“Mintaqada xavfsizlik belbog‘ini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim”, - dedi u.

Shuningdek Japarov Qirg‘izistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda "Koxi Navro‘z" majmuasida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining SHHT tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishi boshlandi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon boshchiligidagi sammitda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari - Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sammitda onlayn rejimida ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!