Samsung kompaniyasi uch kunlik ish tashlashni noma’lum muddatga uzaytirishini e’lon qildi

Samsung kompaniyasi uch kunlik ish tashlashni noma’lum muddatga uzaytirishini e’lon qildi

Janubiy Koreyaning elektronika ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi ishchilari kasaba uyushmasi kompaniya rahbariyatini muzokaraga majburlash maqsadida uch kunlik ish tashlashni noma’lum muddatga uzaytirishini e’lon qildi — Yonhap.

"Biz rahbariyat muzokaralar olib borishga tayyor emasligini bilganimizdan keyin 10 iyuldan boshlab ikkinchi muddatsiz umumiy ish tashlash e’lon qilamiz", — deyiladi Samsung Elections Milliy kasaba uyushmasi (NSEU) bayonotida.

Mazkur kasaba uyushmasi Samsung kompaniyasining 30 000 ga yaqin ishchisini o‘zida birlashtiradi, bu kompaniya barcha xodimlarning beshdan bir qismidir. Kompaniyaning 5 mingdan ortiq hodimlari ish haqini oshirishni talab qilib, dushanba kuni uch kunga ishni to‘xtatgan edilar.

"Samsung rahbariyati ish jarayonida hech qanday uzilishlar yo‘qligini bildirdi, biroq kasaba uyushmasi ish tashlash ishlab chiqarish jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatayoganini ma’lum qildi", deya xabar beradi Yonhap agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!