Janubiy Koreyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi tartib joriy etildi

Janubiy Koreyaga boradigan O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi tartib joriy etildi

Koreya Respublikasida koronavirusning «omikron» shtammi qayd etilgani sababli va uning keng tarqalishini oldini olish maqsadida 3-16 dekabr kunlari davomida mamlakatga kirib kelayotgan barcha fuqarolar 10 kunlik karantinni o‘taydi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tartib qaysi davlatdan tashrif buyurayotgani va vaksina olgan yoki olmaganidan qat’i nazar barcha fuqarolar uchun amal qiladi.

Bunda, Koreya Respublikasi fuqarolari va mamlakatda doimiy istiqomat qiladigan fuqarolar 10 kunlik karantin muddatini o‘z uylarida yakkalangan holda o‘taydi.

Shuningdek, Koreya Respublikasiga kirib kelishdan oldin, kirib kelgan kunda va karantindan chiqayotgan kunda – jami 3 marotaba PSR test topshirilishi barcha kirib kelayotgan fuqarolar uchun majburiy etib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!