Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tgan erkak, aslida, Shimoliy Koreya fuqarosi — manba

Janubiy Koreyadan KXDRga qochib o‘tgan erkak, aslida, Shimoliy Koreya fuqarosi — manba

Janubiy Koreyadan KXDRga qochgan noma’lum shaxs avvalroq chegarani janubga kesib o‘tgan Shimoliy Koreya fuqarosi ekanligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda 3 yanvar, dushanba kuni Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, Renxap axborot agentligi ma’lum qildi.

“Chegarani kesib o‘tishga kelsak, rasmiylar bu shaxsni Shimoliy Koreyadan qochgan, deb taxmin qilmoqda, ular tegishli faktlarni tekshirmoqda”, — deya Mudofaa vazirligi so‘zlaridan iqtibos keltirgan Renxap agentligi.

Qayd etilishicha, KXDRdan bo‘lgan bu qochqin, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning noyabr oyida chegara to‘siqlarini oshib o‘tib, Janubiy Koreya hududiga kirib kelgan. Shundan so‘ng u Janubda farrosh bo‘lib ishlagan, agentlikka ko‘ra, bu uning iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Avvalroq noma’lum shaxs shanba kuni Gangvon provinsiyasining sharqiy qismidagi to‘siqlarni kesib o‘tib, janubdan Shimoliy Koreyaga qochib ketgani ma’lum qilingandi. Uning shaxsi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!