Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Avgust oyining boshidan beri Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir va toshqin natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi bedarak yo‘qoldi. So‘nggi ikki kun ichida 13 mahalliy aholi yomon ob-havo qurboni bo‘lishdi. Eng qiyin vaziyat Kvanju shahrida qayd etildi.

Janubiy Koreya Tabiiy ofatlar va favqulotda vaziyatlarga qarshi kurashish markaziy shtabining xabar berishicha, mamlakatda kamida 700 ta ko‘chkilar qayd etilgan. 14 ming bino, to‘rt mingdan ortiq ko‘prik va avtomobil yo‘llari buzilgan.

Rasmiylar deyarli 7000 kishini evakuasiya qilishga majbur bo‘lishgan. Hozir ular vaqtinchalik yashash markazlariga joylashtirilgan.

Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko‘ra, Koreya yarim oroliga “Chanmi” tayfuni yaqinlashayotganligi bois yomg‘irlar yanada kuchayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!