Janubiy Koreyada ertaga Mustaqillik kuni, shifokorlar virusdan xavotirda. Boshqa davlatlarda vaziyat qanday

Janubiy Koreyada ertaga Mustaqillik kuni, shifokorlar virusdan xavotirda. Boshqa davlatlarda vaziyat qanday

Fransiyada ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ancha og‘ir. Mamlakatning dengizga chegara hududlarida infeksiyani yuqtirish holatlari oshib ketgan. Masalan, Gvadelupa va Martinikada reanimasiya bo‘limlari bemorlarni qabul qilmayapti, ular joy yo‘qligini ta’kidlamoqda. Rasmiylar sayyohlardan orollarni tark etishni so‘ramoqda.

Finlyandiyada esa pandemiya boshlanganidan beri kunlik eng yuqori holat qayd etilgan. Bemorlarning 90 foizi "delta" shtammiga chalingan. Asosan emlanmagan 20-30 yoshli odamlar kasallikka chalinayotgani xabar qilingan.

Shuningdek, Avstriyaning Sankt-Stepann cherkovida organ jo‘rligida ommaviy emlash jarayonlari olib borildi. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar virusning yangi shtammlarini yuqtirishdan qo‘rqyapti. Shu bois, vaksina olish uchun haddan tashqari ko‘p odam kelgan, shifokorlar esa buncha kishi kelishini kutmagan edi.

Kosovoda rasmiylar koronavirus tashuvchilari soni bir kunda rekord darajaga yetganini e’lon qildi. Milliy sog‘liqni saqlash institutlari mingdan ortiq yuqtirish holatlari haqida xabar bergan. Ko‘pchilikda "delta" shtammi mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, pandemiya boshlanganidan buyon Kosovoda 112 mingdan ziyod kishida infeksiya aniqlangan. Shundan 2 ming 273 nafari COVID-19 asoratlaridan vafot etgan. Kosovo aholisi Pfizer va AstraZeneca vaksinalari bilan emlanishi rejaga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!