Janubiy Koreyada ayollar suv osti kemasida xizmat qilishi mumkin

Janubiy Koreyada ayollar suv osti kemasida xizmat qilishi mumkin

Koreya Respublikasi dengiz floti ayollarning suv osti kemasi ekipaji a’zosi sifatida xizmat qilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qiluvchi qarorni tayyorlamoqda.

Bu haqda “Naval News” yozgan. Dastlabki uch ayoldan iborat ekipaj 2024 yil eng yangi “KSS III Dosan Ahn Changho” suv osti kemasida ishlash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bungacha jamoa bir yillik malaka oshirish kursidan o‘tadi.

“Ayollar masalasi”da hal qiluvchi qaror iyun oyi oxiriga rejalashtirilgan dengiz floti siyosiy konferensiyasida qabul qilinishi kutilyapti.

Avvalroq Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi askarlarning mobil telefondan foydalanish vaqti uzaytirilishini aytgandi. Ayni maqsadda harbiy qismda mobil qurilmadan foydalanishning uch xil – bitta, ikkita va cheksiz oraliqli tartibi sinovdan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!