Janubiy Koreyada 80 yil ichidagi eng kuchli yomg‘ir yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Janubiy Koreyada 80 yil ichidagi eng kuchli yomg‘ir yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Seulda kuchli yomg‘ir yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi, – deb xabar beradi "Yonhap".

Koreya Respublikasi rasmiylari xabariga ko‘ra, poytaxt va uning atrofida 6 kishi bedarak yo‘qolgan, 10 nafarga yaqin odam esa jarohatlangan.

Bundan tashqari, Seul va unga yaqin joylashgan boshqa bir qancha shaharlarda ko‘plab ma’muriy bino va turar-joy inshootlari, shuningdek, magistral va metro stansiyalari suv ostida qolgan.

Hozirda mamlakat poytaxtida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi so‘nggi 80 yildagi eng kuchli jala bo‘lgani xabar qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!