Janubiy Koreya Ukrainaga yana insonparvarlik yordami yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya Ukrainaga yana insonparvarlik yordami yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya Ukrainaga yana 50 million dollarga insonparvarlik yordami yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabarida qayd etilganidek, Seul allaqachon 50 million dollar yordam ko‘rsatgan. "Ukraina hukumati uchun zarur" tovarlarning birinchi partiyasi 28 iyun kuni yetkazib beriladi. Janubiy Koreya Ukrainadagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ta’minotni istisno qilmayapti.

Ryonxap agentligiga ko‘ra, gap tibbiy va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish haqida ketmoqda. Kiyevning iltimosiga qaramay, qurollar berilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!