Janubiy Koreya prezidenti AstraZeneca vaksinasini oldi

Janubiy Koreya prezidenti AstraZeneca vaksinasini oldi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bugun Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishni rejalashtirayotganda AstraZeneca COVID-19 vaksinasini oldi.

U Seuldagi prezident qarorgohi yaqinidagi Jongno-Gu tibbiyot markazida emlandi. Unga birinchi xonim Kim Chen Suk va 11-13 iyun kunlari Kornuolldagi Karbis ko‘rfazidagi dengiz kurortida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etadigan boshqa rasmiylar hamrohlik qildilar.

Seshanba kuni emlash xavfsizlik masalasida kechiktirilgandan so‘ng, Janubiy Koreya 65 yoshdan oshgan odamlar uchun AstraZeneca emlash dasturini boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!