Janubiy Koreya NATO kiberxavfsizlik markaziga a’zo bo‘ldi

Janubiy Koreya NATO kiberxavfsizlik markaziga a’zo bo‘ldi

Koreya Respublikasi milliy razvedka xizmati Estoniyada joylashgan NATOning kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik markaziga a’zo bo‘ldi. Bu haqda Koreya maxsus xizmatiga tayanib, “Yonxap” agentligi xabar berdi.

Shu tariqa tuzilmaga Sharqiy Osiyoning ilk davlati qabul qilindi.

— Biz markazga yuboriladigan xodimlar sonini ko‘paytirish va qo‘shma mashg‘ulot ko‘lamini kengaytirish orqali kiber imkoniyatimizni jahon darajasiga ko‘tarish niyatidamiz, — dedi Janubiy Koreya razvedkasi vakili.

Mamlakat milliy razvedka guruhi ushbu tashkilotga 2019 yil qo‘shilish niyatini bildirgan va 2020 yildan boshlab kiberxavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashib keladi.

Eslatib o‘tish joiz, 2008 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur uyushmaning 32 a’zo-davlatidan 27 tasi NATO tarkibiga ham kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!