Janubiy Afrikalik olimlar pandemiya qachon tugashini taxmin qilishdi

Janubiy Afrikalik olimlar pandemiya qachon tugashini taxmin qilishdi

Tadqiqotchilar omikron-variant COVID-19 epidemiyasi tugashi va uning ma’lum bir hududga xos bo‘lgan endemik fazaga o‘tishi yaqinligini bashorat qilishini istisno qilmaydi.

Koronavirusning yangi omikron varianti birinchi marta aniqlangan Janubiy Afrika Respublikasi olimlari ushbu shtamm COVID-19 pandemiyasini tugatishi mumkinligini taxmin qilishdi. Tadqiqot natijalari Janubiy Afrika Tibbiyot tadqiqot kengashi veb-saytida e’lon qilingan.

Tadqiqotchilar Tsvane shahar tumanidagi shifoxonaning omikron to‘lqini paytida yotqizilgan 466 nafar bemor va 3976 nafari avvalgilarining ma’lumotlarini o‘rganishdi. Ular hozirgi to‘lqinda COVID-19 holatlarining atigi 4,5 foizi kasalxonada vafot etganini aniqlashdi, oldingi vaqtlarda o‘rtacha 21 foiz. Kasalxonada bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi avvalgi 8,8 kundan to‘rt kungacha, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilganlar soni esa 4,3 dan 1 foizga kamaygan.

Olimlarning ta’kidlashicha, har bir to‘lqin bilan kasallikning yengil kechishi kuzatilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, omikron shtammi koronavirus pandemiyasining epidemik fazasining tugashi va uning ma’lum bir hududga xos bo‘lgan endemik fazaga o‘tishining «alomati» bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

SARS-CoV-2 virusining yangi varianti – B.1.1.529 noyabr oyida Janubiy Afrika mamlakatlarida aniqlangan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tashvishli deb e’lon qilindi va omikron deb nomlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bu shtamm allaqachon 100 dan ortiq mamlakatlarda topilgan.

Tashkilot bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus dekabr oyida omikron boshqa variantlarga qaraganda tezroq tarqalishini va emlangan hamda tuzalib ketganlarga ham yuqishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!