Janubiy Afrika polisiyasi panjara teshigidan qochib ketgan Nil timsohlarini qidirmoqda

Janubiy Afrika polisiyasi panjara teshigidan qochib ketgan Nil timsohlarini qidirmoqda

Janubiy Afrika polisiyasi Keyptaundan 150 kilometr sharqda mamlakat janubida joylashgan fermadan qochib ketgan bir nechta yosh timsohlarni qidirmoqda, deb xabar berdi «AFP» mahalliy matbuotga tayanib.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ferma panjarasidagi teshikdan qochib ketgan sudralib yuruvchilarning aniq soni noma’lum. Uzunligi 1,2 metrdan 1,5 metrgacha bo‘lgan Nil timsohlarini ta’qib qilish uchun maxsus bo‘lim tuzilgan.

«Fermer xo‘jaligi egasi chorshanba kuni ertalab panjara ichidagi katta teshikni ko‘rgan va keyinchalik timsohlarni sanab chiqqach, ularning bir nechtasi qochib ketganligini bilgan», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, polisiya, hayvonlarni himoya qiluvchi faollar va fermerlar timsohlarni hozirda Kelin daryosi atrofida qidirmoqda. Ular allaqachon 27 timsoh bolasini maxsus kataklardan foydalangan holda qo‘lga olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!