Jamshid Qo‘chqorov: “Pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti”

Jamshid Qo‘chqorov: “Pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti”

Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov internetda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Twitter”dagi sahifasida xabar berdi.

«So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim.

O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan», - deb yozdi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri.

Shuningdek, Jamshid Qo‘chqorovning bildirishicha, ushbu mavzuda Moliya vazirligi tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!