Jalaquduq va Toshloq tumanlarida ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Jalaquduq va Toshloq tumanlarida ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari X.B. fuqaro SH.ni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga qarashli poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Toshloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘natish evaziga olgan 5 400 AQSh dollaridan 1 000 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!