Jahongir Ortiqxo‘jayevning tahdidlar yangragan audiosi bo‘yicha Toshkent shahri hokimligida ham ishchi guruh tuzildi

Jahongir Ortiqxo‘jayevning tahdidlar yangragan audiosi bo‘yicha Toshkent shahri hokimligida ham ishchi guruh tuzildi

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ham telegramdagi sahifasida ham ushbu ish bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qilgan.

«Joriy yilning 16 – noyabr kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Hozirda ushbu masalaga oydinlik kiritish va har tomonlama o‘rganish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi hokimlik xabarida.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!