Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi reklama bannerlari nega buzilayotgani haqida gapirishni istamadi (video)

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi reklama bannerlari nega buzilayotgani haqida gapirishni istamadi (video)

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi reklama bannerlari demontaj qilish to‘g‘risidagi savolni javobsiz qoldirdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Hokim 25 may, seshanba kuni «Toshkent besh tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv boshlanishidan oldin jurnalistlar bu brifing yoki matbuot anjumani emasligi haqida ogohlantirilib, yoshlarga o‘z fikrini bayon etish va savol berish imkoniyatini berish iltimos qilingan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev, shuningdek, uni soat 17:00 dagi yig‘ilishga chaqirib qolishlari mumkinligi haqida ham ogohlantirgan. U to‘yni to‘ydek qilib bergan va festivalni yoritgan jurnalist va blogerlarga minnitdorchilik bildirgan, festivaldan keyin «endi qancha tanqid qilishsa ham, rozi ekanligini» qo‘shimcha qilgan.

50 daqiqa davom etgan yoshlar bilan uchrashuvdan so‘ng hokim majlisga borishi uchun xizmat mashinasi tomon yurgan. Unga jurnalistlar hamrohlik qilib, yo‘l-yo‘lakay savollar bergan.

«Poytaxt» radiosi bilan suhbatda hokim festival haqidagi savollarga javob bergan. Undan qaysi tadbirlarga borgani va unga nima yoqqanini so‘rashgan.

Shundan so‘ng «Qalampir.uz» jurnalisti Jahongir Ortiqxo‘jayevni ko‘pchilik yaxshi tadbirkor sifatida bilishini ta’kidlab, u hozirda tadbirkorlarni qanchalik qo‘llab-quvvatlashini so‘ragan. «Barcha turdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlayman», — deb javob bergan u.

Ammo hokimga reklama konstruksiyalari «birma-bir qarorsiz» buzib tashlanayotgani haqida savol berilganida u qadamini tezlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!