Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Markaziy bankda Jahon banki missiyasi bilan banklar sanasiyasi va moliyaviy yaxlitlik bo‘yicha qonunchilik asoslarini ishlab chiqish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Qo‘shma ishchi guruh ekspertlari tomonidan ishlab chiqilayotgan banklar sanasiyasi to‘g‘risidagi Qonun loyihasining asosiy jihatlari muhokama etildi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan hamda mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilishi mumkin bo‘lgan bank sanasiyasiga doir jarayonlar, instrumentlar va boshqa munosabatlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida qonun loyihasini takomillashtirish borasida qo‘shma ishchi guruh vakillari bilan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!