Jahon banki eksperti "Arkbuloq" bojxona posti faoliyati bilan tanishdi

Jahon banki eksperti "Arkbuloq" bojxona posti faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 14 noyabr kuni ko‘p yillar Fransiya bojxona xizmatida xizmat qilgan Jahon banki eksperti Mishel Zarnovetskiy yurtimizga tashrif buyurib, O‘zbekiston Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Arkbuloq" bojxona posti faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda dastavval ekspertga bojxona sohasida joriy etilgan yangi axborot tizimlari, ularning imkoniyatlari batafsil tanishtirildi.

So‘ngra, janob M.Zarnovetskiy bojxona postidagi eksport-import operasiyalari, bojxona ombori ish faoliyati, bojxona va yuk operasiyalari jarayoni qay tartibda amalga oshirilayotganligini kuzatdi.

Mutaxassis bevosita bojxona ko‘rigida qatnashib, tadbirkorlar, shuningdek bojxona ko‘rigini amalga oshirayotgan bojxonachilar bilan suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!