«Jahannam chaqirig‘i» seriallar bo‘yicha «Kalmar o‘yini»dan o‘zib ketdi

«Jahannam chaqirig‘i» seriallar bo‘yicha «Kalmar o‘yini»dan o‘zib ketdi

Netflix’da taqdim qilingan yangi serial tomosha qilinish soni bo‘yicha «Kalmar o‘yini»ni ortda qoldirdi. Endilikda «Jahannam chaqirig‘i» (Hellbound) nomli serial platformada yetakchilik qilmoqda.

Janubiy Koreyada suratga olingan serial ayni vaqtda 80 dan ortiq mamlakatning Netflix chartlarida yetakchilik qilmoqda. FlixPatrol analytics platformasining ma’lumotlariga qaraganda, serial 20 noyabr, ya’ni taqdim qilinganidan 24 soat o‘tib yetakchi bo‘la boshlagan. Umumiy hisobda 46 kun birinchilikda bo‘lgan «Kalmar o‘yini» esa ayni damda ikkinchi o‘rinda.

Ma’lumot uchun, «Jahannam chaqirig‘i»— antiutopiya janridagi serial hisoblanadi. Syujetga ko‘ra, bahaybat maxluqlar asosiy qahramonlarni ta’qib qilib, ularni jahannamga yuborish uchun ovlashga urinadi. Bu esa ommaviy jazavaning paydo bo‘lishi va diniy fanatizmning tarqalishiga olib keladi. Serial epizodining premyerasi 2021 yil sentyabrda, Torontodagi kinofestivalda bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!